Fri. Mar 29th, 2024

«Hanshin Engineering & Construction» kompaniyasi vakillari bilan o‘tkazilgan muzokaralarda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, shahar hokimining o‘rinbosarlari va masalaga daxldor mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda Qo‘qon shahrida turar-joy bozoridagi vaziyat, qurilish mollari yetkazib chiqaruvchi kompaniyalar, loyihalashtirish institutlarining imkoniyatlari atroflicha muhokama etildi.

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun barcha sharoitlar yaratib berilishini ta’kidlab o‘tdi.