Thu. Mar 28th, 2024

Ushbu mavzu Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov va “DREAM SCHOOL” nodavlat ta’lim tashkiloti vakillari ishtirokida o‘tkazilgan muzokaralarda muhokama etildi.

500 o‘rinli yangi hususiy ta’lim muassasasi Qo‘qon shahridagi 27-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududidagi foydalanilmayotgan binolarning birida tashkil etiladi. Loyiha Amerika Qo‘shma Shtatlarining USA LEASING kompaniyasi tomonidan moliyalashtiriladi.

Marufjon Usmonov loyiha tashabbuskorlariga yangi maktabni Qo‘qon Erkin Iqtisodiy Zonasida faoliyat yuritayotgan va yangi ochiladigan korxonalar extiyojidan kelib chiqib ximiya, fizika, matematika kabi aniq fanlarga ihtisoslashtirishni taklif etdi. Toshkent texnika universiteti Qo‘qon filiali kabi shahrimiz oliy ta’lim muassasalariga bilimli talabalar yetishtirib berishga yo‘naltirilgan taklif tashabbuskorlar tomonidan qo‘llab quvvatlandi.

DREAM SCHOOL” nodavlat ta’lim tashkiloti vakillari yangi maktabda o‘quv jarayoni AQSh va Finlyandiya ta’lim tajribasi asosida tashkil etilishini bildirib, darslar, shu jumladan, xorijlik mutahassislar tomonidan olib borilishini ta’kidlab o‘tdilar.