Sat. Apr 20th, 2024

Qo‘qon musiqali drama teatrida “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi. Tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi yangradi.

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov yurtimiz tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligi, xalqimiz osoyishtaligini himoya qilayotgan harbiy xizmatchilar, sharafli va mashaqqatli kasb egalarini 14 yanvar’ – Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi bilan samimiy qutladi. So‘nggi yillarda Milliy armiyamizni yuksak darajaga ko‘tarish borasida Prezidentimiz tashabbuslari bilan amalga oshirilgan tizimli yangilanishlar va keng ko‘lamdi ishlarni alohida ta’kidladi.

Yurt himoyasi yo‘lida jon fido qilgan insonlar xotirasiga ehtirom ko‘rsatilib, bir daqiqa sukut saqlandi.

Bayram tadbirida shahrimizdagi harbiy qismlarning bir guruh fidoyilari Faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Tadbir ishtirokchilari uchun konsert dasturi namoyish qilindi. Ayniqsa, estrada xonandasi Otabek Muhammadzohidning tashrifi davraga fayz bag‘ishladi.