Fri. Mar 29th, 2024

Butun mamlakatimiz bo‘ylab tozalik va obodonchilik yo‘lida ter to‘kayotgan mehnat ahlini qadrlash va ularga e’tibor ko‘rsatish maqsadida “Pokiza insonlar” aksiyalari tashkil etilmoqda. Qo‘qon shahrida ham tadbirkorlar tashabbusi bilan boshlangan ushbu ezgu tadbirlar bardavom bo‘lmoqda.

Bugun Qo‘qon shahar hokimligi, “Toza hudud” UK hamkorligida tashkil etilgan tadbirda ham O‘rda maydonini obodonlashtirishda ishtirok etayotgan ishchilarga issiq kofe, nonushta va maxsus qo‘lqoplar hadya etildi.

Yomg‘irli havoda ham sidqidildan o‘z vazifasini ado etayotgan mehnatkashlar tashkilotchilarga odamiylik, mehr-oqibat tadbiri uchun o‘z minnatdorchiliklarini izhor etdilar.