Wed. Apr 24th, 2024

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan Qo‘qon shahridagi avtomobillar turargohida sodir bo‘lgan voqea yuzasidan Qo‘qon shahar hokimligining
RASMIY BAYONOTI

Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra holat yuzasidan olib borilgan tezkor surushtiruv ishlari natijasida Qo‘qon shahar, Farobiy ko‘chasida joylashgan “Qo‘qon savdo kompleksi” MChJ yonidagi joydan “Ulug‘bek Mega Trans” MChJ rahbari hech qanday hujjatlarsiz, yo‘nalishsiz taksi avtomashinalari uchun ruxsatsiz, o‘zboshimchalik bilan turargoh sifatida foydalanib kelgani aniqlandi.

Yo‘lovchilarni haqorat qilgan fuqaroga Qo‘qon shahar Ma’muriy sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183- moddasiga asosan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Fuqaroning ruxsatsiz, o‘zboshimchalik bilan turargoh sifatida joydan foydalanganligi bo‘yicha Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qo‘qon shahar bo‘limi tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Qo‘qon shahar hokimligi matbuot xizmati 23.11.2019