Wed. Apr 17th, 2024

Qo‘qon shahar hokimligining shu yilning 9 dekabr’ kuni Qo‘qon shahrining ayim mahallarida elektr energiyasi ta’minotidagi uzilish yuzasidan
RASMIY BAYoNOTI

Qo‘qon shahar elektr tarmoqlari korxonasining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, shu yilning 9 dekabr’ kuni, soat 00:10 lar atrofida Qo‘qon shahar Xo‘jand podstansiyasiga kiruvchi 110/6 KR yuqori kuchlanishli havo uzatmasida avariya holati yuzaga kelgan.

Natijada, Qo‘qon shahrining 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 14, 20, 22, 24, 28, 29, 30, 31, 35, 37, 39, 45, 48, 49, 57-mahallalari hududida elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘lgan.

9 dekabr’ kuni soat 10:15da tezkor ta’mirlash brigadasi tomonidan nosozliklar bartaraf etilib, barcha hududlarda elektr ta’minoti tiklandi.
Qo‘qon shahar elektr tarmoqlari korxonasi ma’muriyati vaqtinchalik noqulayliklar uchun hamshaharlarimizdan uzr so‘raydi.

Qo‘qon shahar hokimligi matbuot xizmati 09.12.2019