Fri. Apr 19th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonovning navbatdagi qabulida fuqaro Dilbarxon Asqarovani uy-joy bilan ta’minlash masalasi ko‘rib chiqilib, shahar Uy-joy komissiyasiga o‘rganish uchun jo‘natildi. Shu bilan bir qatorda, fuqaroni ishga joylash masalasi ham ijobiy xal etildi.

Qabulda fuqaro Abdullajon Ishmuratovni ishga joylash masalasi ham ko‘rib chiqilib, ijobiy xal etildi. Fuqaroning sohadagi yuqori malakasi inobatiga olinib, Geofizika korxonasi shahar bo‘limiga ishga qabul qilinadigan bo‘ldi.

Fuqaro Ozoda Sulaymonovaning uy-joy bilan ta’minlash va farzandining sog‘lig‘ini tiklash masalalari ham o‘rganilib, ko‘p qavatli uylardan kredit asosida uy-joy bilan ta’minlashda ko‘mak ko‘rsatiladigan bo‘ldi. Fuqaroni farzandi tegishli sog‘liqni saqlash muassasasasi tomonidan nazorat ostiga olindi.

Shu kuni Marufjon Usmonov 21 nafar fuqarolarning murojaatlarini tinglab, muammolarini xal etish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berdi.