Sat. Apr 20th, 2024

Chingiz Aytmatovning “Momo yer” asarining boshg‘oyasi, insoniylik, bardosh, sabr tushunchalarini o‘ziga qamrab olgan buyuk asardir. Asar voqealari urush davrida bo‘lib o‘tgan judoliklar, ayriliqlar, yo‘qotishlar, bosh qaxramon To‘lg‘anoy timsolida yoritilgan. Aslida asarda urush mavzusi bosh mavzu bo‘lsada lekin muallif urush kasofatlari orqali inson metin irodaliyligi, u xar qanday g‘am kulfatlarga ham bardoshli ekanligini ochib bergan. Spektakl’ sahnalashtirilishi va uslub jixatidan kamerniy spektakl’ shaklida bo‘lsada, lekin muallif aytmoqchi bo‘lgan g‘oyalar kichik-kichik gapiruvchi detallar orqali erkin ravishda ko‘rsatilgan.