Fri. Apr 19th, 2024

Qoʼqon bozorlarida manekenlarning soqolini yashirish xususida ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan maʼlumot yuzasidan Qoʼqon shahar hokimligi matbuot xizmatining
RАSMIY BАYONOTI

Qoʼqon shahar hokimligiga shahar bozorlaridagi manekenlar yuzasidan hech qanday yozma, elektron yoki ogʼzaki murojaat kelib tushmagan. Qoʼqon shahri bozorlarida oʼtkazilgan oʼrganishlar natijasida ijtimoiy tarmoqlarda manekenlar soqolini yashirish yuzasidan tarqatilgan xabarlar oʼz tasdigʼini topmadi.

Manekenlar tadbirkorlarning oʼz mahsulotini reklama qilib sotish uchun moʼljallangan shaxsiy mulkidir. Tadbirkorlar oʼz mulkidan qonunga zid boʼlmagan har qanday maqsadda foydalanish huquqiga egadirlar.

Qoʼqon shahar hokimligi matbuot xizmati.