Fri. Mar 29th, 2024

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, general-mayor Azizbek Ikramov Qo‘qon shahrida ichki ishlar organlari xodimlari tayyorgarligini ko‘rikdan o‘tkazdi. Shahrimiz markazida shahar IIB sohaviy xizmatlari uchun saf ko‘rigi o‘tkazilib, safdagi har bir xodim bilan yuzma-yuz suhbatlashildi. Xodimlarga bugungi kunda qo‘yilayotgan vazifalardan ko‘zlangan maqsadlar haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.

Jismonan baquvvat, aqlan yetuk xodim Vatan tinchligi uchun xizmat qilishni eng oliy burch deb bilsa, har kuni o‘z ustida ishlasa, tajriba orttirsa, bu nafaqat soha rivojiga, balki mamlakat rivojiga ham ulkan hissa qo‘shishi ta’kidlandi.

Shahrimizda faoliyat olib borayotgan yo‘l harakati xavfsizligi guruhlari faoliyati bilan ham yaqindan tanishib chiqqan Azizbek Ikramov kelgusida sohadagi islohotlarning davom ettirilishini, jahon andozalari va zamon talablariga mos xizmatga aylantirilishini aytib o‘tdi.

Shuningdek shaharda yo‘llar talab darajasiga yetkazilishi, yo‘l belgilari va yo‘l chiziqlarining o‘z o‘rnida bo‘lishi yo‘l-transport hodisalarini oldini olishning muhim jihati ekanligini ta’kidlab, bir qancha topshiriqlar berdi.