Fri. Mar 29th, 2024

Qo‘qon shahar hokimligi Majlislar zalida ayollar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashga bag‘ishlangan tanqidiy tahlililiy yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Farg‘ona viloyati IIBning xotin qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Xilola Urinova, Qo‘qon shahar hokimining o‘rinbosari, shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Lolaxon Nazirova shahrimiz mahallari, korxona tashkilotlarining xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxasisilari ishtirok etdilar. 2019 yilda Qo‘qon shahrida xotin-qizlar o‘rtasida sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan Farg‘ona viloyati IIBning xotin qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Xilola Urinovaning xisoboti tinglandi.

Xisobotda ko‘rsatib o‘tilgan jinoyatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar muhokama etildi. Yig‘ilishda Qo‘qon shahridagi mahallalarda ayollar o‘rtasida jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘ygan xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxasisilariga intizomiy choralar ko‘rilishi belgilandi.

Kelajakda ayollar o‘rtasida jinoyatchilikka yo‘l qo‘ymaslik maqsadida oilalar mustahkamligi va farovonligini ta’minlash, ajrim arafasidagi oilalar bilan ishlash, noqonuniy nikohlarning oldini olishga qaratilgan Monitoring guruhi tuzildi.