Sat. Apr 20th, 2024

Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining birinchi sessiyasi chaqiriladi

Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining birinchi sessiyasi 2020 yil 16 yanvar’ kuni soat 13:00 ga chaqiriladi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:

1) Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputatlari saylovi yakunlari bo‘yicha shahar saylov komissiyasi raisining axboroti.

2) Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida.

3) Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga siyosiy partiyalardan saylangan deputatlarning partiya guruhlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida.

4) Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining doimiy komissiyalarini tuzish to‘g‘risida.

5) Tashkiliy masala.

6) Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari Qo‘shma majlisi Maslahat Kengashi a’zoligiga nomzodni tavsiya etish haqida.

Sessiyaga shahar hokimining o‘rinbosarlari, shahar hokimligi guruh, bo‘lim rahbarlari, shahar tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etiladilar.

XALQ DEPUTATLARI QO‘QON ShAHAR KENGAShI

“30” sentyabr’ 2019 yil Qo`qon shahar № XXXVII/1-sonli

O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6, 24-moddasi hamda Saylov kodeksining 19-moddasiga asosan Xalq deputatlari Qo‘qon shahar kengashi

Q A R O R Q I L A D I :

1. Beshinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo‘qon shahar saylov komissiyasi vakolati tugatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo‘qon shahar kengashiga saylov o‘tkazuvchi shahar saylov komissiyasi quyidagi tarkibda tuzilsin:

1. Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga saylov o‘tkazuvchi shahar saylov komissiyasi quyidagi tarkibda tasdiqlansin:

1. Nasimov Nozim Azamovich Qo‘qon Turizm va servis kasb-hunar kolleji rahbari, komissiya raisi

2. Mirzamaxmudov G‘olibjon Mirzaxakimovich Qo‘qon shahar DSENM bosh shifokori, komissiya raisi o‘rinbosari

3. Mamasadikov Diljaxon Kasimdjanovich Qo‘qon shahar statistika bo‘limi boshlig‘i, komissiya kotiba

4. Artikova Feruza Haydarbekovna Qo‘qon Pedagogika kolleji o‘qituvchisi, komissiya a’zosi

5. Ismoilova Nozima Saydullaevna Qo‘qon neft va gaz sanoati kolleji uslubchi, komissiya a’zosi

6. Mirzaev Jaxongir Mirzo Donyor o‘g‘li Qo‘qon shahar davlat xizmatlari agentligi raxbari, komissiya a’zosi

7. Xayitov Nodir Nu’monjonovich Qo‘qon shahar Axoli bandligiga ko‘maklashish markazi mehnat xuquq inspektori, komissiya a’zosi

8. Pirmatov Tursunali Qo‘qon shahar “Nuroniy” jamg‘armasi raisi o‘rinbosari, komissiya a’zosi

9. Abduxalilova Dilnoza Qo‘qon shahar Pochta bo‘limi boshlig‘i, komissiya a’zosi

3. Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga saylov o‘tkazuvchi shahar saylov komissiyasiga komissiya raisi, o‘rinbosari va kotibini saylash tavsiya etilsin.

4. Ushbu qaror Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga saylov o‘tkazuvchi shahar saylov komissiyasiga yuborilsin.

5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Xalq deputatlari Qo‘qon shahar kengashining Qonuniylikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Ma’murjon Sotvoldiev zimmasiga yuklatilsin.

6. Mazkur qaror matbuotda e’lon qilinsin.

Sessiya raisi: Z.Mamajonova