Fri. Mar 29th, 2024

Sektor shtabida taʼlim, sogʼliqni saqlash muassasalari, MFYlar hamda shirkatlar masʼullari ishtirokida yigʼilish oʼtkazildi. Tadbirda mavsumga tayyorgarlik ishlarida eʼtibor qaratilishi lozim boʼlgan masalalar yuzasidan tushuntirish berildi.

Xususan, mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida kamchiliklar roʼyxatini tuzib, zudlik bilan hal etish boʼyicha yoʼl xaritasini ishlab chiqish tavsiya etildi. Tashkilotlardagi xonalarni isitishuchun zarur boʼlgan barcha tayyorgarliklarni nihoyasiga yetkazish, jumladan qozonxonalarni sinovdan oʼtkazish, koʼmir zahirasini yaratish masalalariga eʼtibor qaratildi.